Xorijdagi vatandoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasi haqida qanday fikrda?
Bugun Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi xorijdagi vatandoshlar bilan muhokama qilindi.
Tadbirni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov ochib berib, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasini 2017 – 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident qaror va farmoni qabul qilindi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish yoʻnalishida tashqi savdo, moliya va soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni taʼminlashni boʻyicha amaliy choralar koʻrildi.
Shu bilan birgalikda, inson huquqlarini taʼminlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Endilikda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida aholi farovonligini yanada yuksaltirish, iqtisod tarmoqlarini transformatsiya qilish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihani ayni kunlarda regulation.gov.uz, jamoatchilik.uz va 2022-2026.strategy.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish davom etmoqda. Fuqarolarga oʻz takliflarini bildirish imkoniyatlari ham yaratildi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasida “inson manfaatlari hamma narsadan ustun” umumiy tamoyilini birlashtiruvchi 7 ta ustuvor yoʻnalish belgilangan. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish shular jumlasidan.
Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish maqsadida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy va samarali aloqalar oʻrnatish koʻzda tutilgan.
Muloqotda xorijdagi vatandoshlarni Oʻzbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga faol jalb qilish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarni qoʻllab-quvvatlash jihatlari muhokama qilindi.

Xorijda yashovchi vatandoshlarning muammolarini oʻrganish, tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Jumladan, konsullik xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish, chet ellarda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam berish, xorijda oʻzbek tilini, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonning boy ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish va ommalashtirish borasida fikr almashindi.
Tadbirda ishtirokchilar davlat va jamiyat qurilishini yanada isloh qilish, iqtisodiyot, sud-huquq tizimini, ijtimoiy sohani liberallashtirish, pragmatik tashqi siyosat yuritish boʻyicha ham oʻz fikr va takliflarini bildirdi.
Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga xususiy kapitalni investitsiyalashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solinadigan (litsenziya, talablar) xususiy investitsiya fondlarini yaratish orqali xufiyona iqtisodiyotdan shaffoflikka oʻtishni ragʻbatlantirish, yaʼni kichik va oʻrta tadbirkorlikni ularni boshqaruv sifati hamda daromad keltirishiga qarab
Bundan tashqari, xorij investorlari ekologik va ijtimoiy masalalarga eʼtiborli ekanini inobatga olib, xayriya faoliyatlari uchun soliq imtiyozlarini, biznesda korporativ ijtimoiy masʼuliyat tamoyillarini joriy etish Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻsini,
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring