Xorijda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlari qachon oʻtkazilishi aytildi
2026-yilning II choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish muddatlari maʼlum boʻldi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, test sinovlari 2026-yilning aprel iyun oylarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, aprel oyida:
- 2026-yil 2-aprel;
- 2026-yil 16-aprel.
May oyida:
- 2026-yil 7-may;
- 2026-yil 21-may.
Iyun oyida:
- 2026-yil 4-iyun;
- 2026-yil 18-iyun.
Maʼlumot uchun, test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar roʻyxati, test sinovi oʻtkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring