Xorij tajribasida turistlarni jalb qilish uchun tilla buyumlar savdosi keng yoʻlga qoʻyilgan
Mamlakatimizda buning uchun yetarli sharoit yaratilgan boʻlsa ham, oʻtgan ikki yilda juda kam tilla buyumlar sotilgani qayd etildi.
Shu bois kelgusi yilda zamonaviy zargarlik komplekslarini har bir hududda tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi. Ulardagi doʻkon va rastalar, zargarlik uskunalari 7-yilga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.
Shuningdek, mamlakatimizda xalqaro “Oʻzbekiston ipak matolari” moda haftaligini tashkil qilish taklifi bildirildi. Unga dunyoning yetakchi moda uylari taklif qilinadi. Tayyor ipak mahsulotlari tanlovi oʻtkaziladi va mukofot jamgʻarmasiga har yili 2 million dollar ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring