Xorazmning barcha bog‘cha va maktablari filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
2030 yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 500 ga yaqin yangi bog‘chalar tashkil etiladi.
Kelgusi yetti yilda zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga qo‘shimcha 90 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Natijada, viloyatda o‘quvchisi 30 nafardan ko‘p bo‘lgan sinflar qolmaydi, deb ta’kidladi nomzod (hozirda 2 mingdan ziyod sinfda 35 ta va undan ko‘p bola o‘qiydi).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring