Xorazmdagi tergov hibsxonasida mahbuslarga isteʼmolga yaroqsiz suv berilganmi?

18:18 18 May 2022 Jamiyat
892 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining isteʼmolga yaroqsizligi aytilgan.

2022-yilning 12-may kuni mintaqaviy vakil darhol viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi.

Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taqiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji boʻlganda qaynatilmagan suv ichishga majbur boʻlgan.

Oʻrganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda isteʼmol qilinishi tavsiya etildi.

Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlandi va mahbuslarga soat 22.00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashlari kerakligi tushuntirildi.

Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar boʻyicha mahbuslarning fikrlari ham oʻrganildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер