Xorazmdagi “samosud”chi ayollar jazoga tortildi
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (bezorilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Tergov davomida D.Karomat, D.Olma, D.Raʼno va R.Nargizalar bir guruh boʻlib, 2020-yil 9-iyun kuni soat 22:40da, jamoat joyi hisoblangan Qoʻshkoʻpir tumani “Oqdarband” qishlogʻi hududida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan O.Hamidani D.Karomatning oʻgʻlining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab janjallashib, uni urib doʻpposlab, jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini anglaganliklari holda H.Otaniyozovani kiyimlarini yirtib, qoʻllarida boʻlgan tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlab, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazilib, tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshkoʻpir tumani sudining hukmiga koʻra, D.Karomat, D.Olma, R.Nargizalarga 1 (bir) yil 6 (olti) oy va D.Raʼnoga 1 (bir) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi O.Hamidaning ularga nisbatan hech qanday daʼvosi yoʻqligi inobatga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring