Xorazmda talabalar soni 5 karra koʻpayib, 46 ming nafarga yetdi — Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni paytda xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. U oʻtgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar xususida aytib oʻtdi:
— olti yarim yilda viloyat iqtisodiyoti 1,3-marta oʻsib, 32 trillion soʻmga yetdi, aholi jon boshiga daromad 16,5 million soʻmdan oshdi;
— viloyatda bogʻchalar qamrovi 22 foizdan 79 foizga, oliygohlarda esa 8 foizdan 38 foizga koʻpaydi;
— oldin birgina Urganch davlat universiteti boʻlgan boʻlsa, hozirga kelib 5 ta davlat, 3 ta nodavlat va 1 ta xorijiy oliygoh faoliyat koʻrsatmoqda;
— Talabalar soni 5 karra koʻpayib, 46 ming nafarga yetdi;
— 28 ta zamonaviy shifoxona va poliklinikalar tashkil etildi;
— 500 mingdan ziyod aholi yashayotgan mahallalarga markazlashgan tarmoqlar orqali suv yetkazib berildi, suv taʼminoti 2017-yildagi 52 foizdan 86 foizga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring