Xorazmda pillani qayta ishlash imkoniyati oshmoqda
Foto: Халқ сўзи
Xorazm viloyati Shovot tumanida «Shovot silk» MCHJ tomonidan yangi pillani qayta ishlash korxona ishga tushirildi. Natijada viloyatda bu yoʻnalishdagi korxonalar soni toʻrttaga yetdi.

Loyihaning 1-bosqichida korxonaga umumiy qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng ipak ip yigirish liniyalari oʻrnatildi. Joriy yilda klaster usulida ish yuritadigan mazkur korxona tumandagi fermer xoʻjaliklari va kasanachilardan 221 tonna pilla xom ashyosi qabul qilib oladi va shu yerning oʻzida toʻliq qayta ishlaydi. Natijada yiliga 2 mln. AQSH dollarlik mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi.

Loyihaning keyingi bosqichida esa umumiy qiymati 350 ming AQSH dollari hajmida ipak mato toʻqish va boʻyash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyalari oʻrnatiladi. Jihozlash ishlari 2023-yilning sentyabr oyida yakunlanib, ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi toʻliq ishga tushiriladi. Natijada hududda 180 ta doimiy va 6 ming 400 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring