Xorazmda «Damas» agʻdarilib ketdi

14:49 01 Iyul 2021 Jamiyat
533 0

Joriy yilning 30-iyun kuni soat 18:00larda Xorazm viloyati, «Urganch-Xiva» yoʻlining 13 kilometrida, haydovchi 1991-yilda tugʻilgan D.K. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yoʻlning belgilanmagan joyidan oʻtayotgan piyodani urib yubormaslik uchun rul boshqaruvini burgan. Keskin burilish oqibatida avtomobil agʻdarilgan.

Natijada, piyoda 1982-yil tugʻilgan U.Q.ga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер