Xorazmda 422,5 mln. soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotuvga chiqarilishining oldi olindi

10:53 23 Noyabr 2023 Jamiyat
173 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va bojxona xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahridagi “G.T.” MCHJ rahbarining savdo doʻkoni va turar joyida umumiy bahosi 422,5 mln soʻmlik 39 xil turdagi bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtilgan jami 24 184 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер