Xorazm viloyatida yana bir tuman hokimi almashdi
Arxiv surat
Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Kun tartibidagi masala boʻyicha viloyat hokimi Farhod Ermanov nutq soʻzladi.
Muhokamalardan soʻng, Ravshan Shonazarovich Jabborovni Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimi vazifasidan ozod etish haqidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
2014-yildan Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ravshan Jabborov 2018-yil 1-dekabr kuni Hazorasp tumani hokimi sifatida ish boshlagandi.
Viloyat hokimi Hazorasp tumani hokimi lavozimiga Oʻktam Rustamovich Masharipov nomzodini tavsiya qildi. Muzokaralardan soʻng, Oʻktam Masharipov nomzodi Hazorasp tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Oʻktam Masharipov bunga qadar Yangibozor tumani hokimi sifatida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring