Xorazm viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 28-yanvar kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi binosida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Milliy va hududiy kengashlar aʼzolari, xalq deputatlari Xorazm viloyati va tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, viloyat hokimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibi doirasida Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Soʻzga chiqqanlar jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli, qatʼiy va ochiq mexanizmlarni joriy etish zarurligiga eʼtibor qaratishdi. Shuningdek, kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida tanqidiy ruhda boʻlib oʻtgan yigʻilishda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida mavjud kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi. Poytaxt misolida aks ettirilgan mazkur muammolar butun respublika uchun dolzarb ekani taʼkidlandi hamda uyushgan jinoyatchilik, narko- va kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda “poytaxt namunasi” asosida yangi samarali tizim yaratish vazifasi belgilandi.
Soʻnggi ikki yilda viloyatda 300 dan ortiq shaxs korrupsiyaviy jinoyatlarga qoʻl urgani aniqlangan. Ayniqsa, energetika, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish sohalarida korrupsiya xavfi yuqoriligi tanqid qilindi.
Energetika sohasida suyultirilgan gaz va elektr taʼminoti bilan bogʻliq talon-toroj holatlari, inson omilining yuqoriligi, nazorat mexanizmlarining yetarli darajada raqamlashtirilmagani koʻrsatib oʻtildi. Qurilish sohasida esa ruxsatnoma berish jarayonlarida shaffoflik yetishmasligi, asossiz rad javob berilishi va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlangan.
Shuningdek, imtiyozli kreditlar ajratish tizimida hokim yordamchilari va taʼminotchi korxonalar oʻrtasidagi suiisteʼmollar, marketpleys platformasida noqonuniy naqdlashtirish, soliqdan qochish bilan bogʻliq jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani qayd etildi.
Majlis yakunida sohalar kesimida aniq vazifalar hamda ularni ijro etish mutasaddilari va muddatlari belgilab olindi. Energetika va qurilish sohalaridagi jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish, komplayens nazoratni kuchaytirish, imtiyozli kreditlar ajratishda shaffof va avtomatlashtirilgan mexanizmlarni joriy etish shular jumlasidandir.
Qabul qilingan qaror ijrosi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va hududiy kengashlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi
- Javohir Sindarov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi
- Ijtimoiy himoya tizimida yangi mexanizmlar joriy etiladi
- Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish sohasida qaysi davlatlar korxona ochgan?
- Tadbirkor bilan muloqot qiladigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy boʻladi
- Mamlakat madaniyatiga boʻlgan oddiy va samimiy hurmat belgisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring