Xorazm viloyatida ekin yer maydoniga zarar yetkazgan fermer xoʻjaligi aniqlandi

14:33 03 Yanvar 2024 Jamiyat
660 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “G.K.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari “Qarmish” mahallasi hududidagi yuqori bonitetli 2,3 gektar ekin yer maydonida oʻzboshimchalik bilan tuproqning unumdor qatlamini qazib olib, jami 1,2 mlrd soʻm qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yoʻl qoʻyib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 197-moddasi (yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер