Xorazm, Surxondaryo va Qoraqalpogʻistonda psixotrop dori vositalari savdosining oldi olindi
Illyustrativ foto
Xorazm va Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida inson ongiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Yangiariq tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.-Ph.” MCHJ sotuvchisi M.O. fuqaro R.M.ga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, undan 13 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro X.Q.ga 250 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qiziriq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Sh. fuqaro M.X.ga shifokor retseptisiz kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qonlikoʻl tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q.D.” MCHJ dorixonasi farmatsevti Sh.A.ning xonadoni koʻzdan kechirilganda 20 kapsula va 7 ampulada psixotrop dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring