XOQ transgenderlarga Olimpiadadagi ayollar musobaqalarida qatnashishni taqiqladi
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2028-yildan boshlab Olimpiya oʻyinlaridagi ayollar musobaqalarida faqat genetik test yordamida oʻz jinsini tasdiqlagan sportchi ayollar ishtirok etishi mumkinligini eʼlon qildi. Bu haqda XOQ rasmiy saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, mazkur qoida orqaga qaytish kuchiga ega emas va ommaviy hamda havaskorlik sportiga daxl qilmaydi.
— SRY geni boʻyicha oʻtkazilgan test manfiy natija bergan sportchilar ayollar toifasidagi musobaqalarga qabul qilinish mezonlariga doimiy ravishda muvofiq keladi, — deyiladi press-relizda.
SRY geni boʻyicha test musbat natija bergan taqdirda — “androgenlarga toʻliq sezgirlik yetishmovchiligi sindromi (CAIS) yoki testosteronning anabolik va/yoki sport natijalarini oshiruvchi taʼsiridan foyda koʻrmaydigan jinsiy rivojlanishning boshqa kam uchraydigan xususiyatlari/buzilishlari (DSD) tashxisi qoʻyilgan sportchi ayollar bundan mustasno” — sportchilar XOQ shafeligidagi ayollar toifasidagi musobaqalarda qatnashish huquqiga ega boʻlmaydilar.
Ushbu talablar joriy etilganidan soʻng, Olimpiya oʻyinlaridagi ayollar musobaqalarida transgenderlar ishtirok eta olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring