Xonobod shahrida yirik loyihaga asos solindi
Xonobod shahrida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini shakllantirish va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida bir qancha loyihalar taqdim etilgan. “Fozilmon naslli chorvachilik” MCHJ tomonidan qurilish ishlari boshlangan navbatdagi loyiha shular jumlasidandir.
Qurilish obyekti foydalanishga topshirilgach, bu yerda Germaniya, Avstriya va Gollandiyadan olib kelingan 9000 bosh naslli qoramollar parvarishlanadi. Buning uchun dastlab 300 ta yangi ish oʻrni yaratilib, keyinchalik ish hajmining ortishi tufayli ishchilar soni 500 nafarga yetishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring