Xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqarildi
Xonanda Jasur Umirovning jazosi yengillashtirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIED Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, joriy yilning 8-iyun kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instansiyasining ajrimiga asosan Umirov Jasur Uvaydullayevich Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllagan holda, shuningdek jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining unga nisbatan daʼvosi yoʻqligini inobatga olgan holda, J.Umirovga nisbatan chiqarilgan “ozodlikdan mahrum qilish” jazosi “ozodlikni cheklash” jazosiga oʻzgartirilgan.
2021-yil 09-iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, J.Umirov jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring