Xonadonida marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumanida 2023-yilning 27-mart kuni tuman IIB TQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Zinasha mahalla hududida yashovchi X.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring