Xodimni homilador yoki farzandi borligi sababli ishdan boʻshatish taqiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatish taqiqlandi.
Shuningdek, kodeksga “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali elektron shaklda mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash va xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxsning pasport yoki ID-kartasiga oid maʼlumotlarni mustaqil ravishda axborot tizimlari orqali soʻrab olish mumkin boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring