Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi
Hukumat qarori bilan 2019-2020-yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan yoshlar va kam taʼminlangan fuqarolarning bandligini taʼminlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirishdan iborat.
Dasturga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy infratuzilma va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun jami 187 ta loyihani amalga oshirish va 674 ta yangi ish oʻrnini yaratish nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring