Xitoylik shifokorlar Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi
Xitoylik shifokorlar guruhi Oʻzbekistonda missiyasini yakunlab, vataniga qaytib ketishdi. Bu haqda XXRning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Kuni kecha brifing paytida Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov respublikada 10 kundan koʻproq vaqt davomida xitoylik shifokorlar murakkab epidemiologik vaziyat qayd etilgan viloyatlarga tashrif buyurganini aytdi.
Xitoylik shifokorlar koronavirusning oldini olish, karantin zonalarini qurish, bemorlarni davolash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha professional takliflarni berishdi.
Oʻzbekiston shifokorlari uchun oʻquv kurslar oʻtkazildi, tajriba va ish uslublari almashildi. Shuningdek, xitoylik shifokorlar COVID-19 tashxisi qoʻyilgan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazishdi.
Eslatib oʻtamiz, 17-aprel kuni Xitoydan Oʻzbekistonda 15 nafar shifokordan iborat guruh tashrif buyurgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring