Xitoydagi vatandoshlar Oʻzbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bermoqda
2-iyul kuni Pekin shahridagi 49–saylov uchastkasida Oʻzbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan 16:00 ga qadar boʻlib oʻtdi.
Muddatidan oldin ovoz berishning beshinchi kunida Xitoyning Xubey, Szyansu va Xeylunszyan provinsiyalaridan tashrif buyurgan vatandoshlarimiz oʻz siyosiy huquqlaridan samarali foydalandilar.
Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida joriy yil 28-iyundan 2-iyul kuniga qadar yuzga yaqin fuqarolarimiz muddatidan ilgari Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oldindan ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring