Xitoyda «Surxondaryo – Urumchi» savdo uyi ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Sherali Joʻrayev boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib qaytdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, tashrif davomida Xitoyning Urumchi shahrida joylashgan «AIMEIDA» savdo uyida vohada ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Chunonchi, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, milliy liboslar, oziq-ovqat va turli ichimliklar namunalari forum ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Shuningdek, shu kuni vohada ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlarga yangi bozor topishga xizmat qiladigan «Surxondaryo – Urumchi» savdo uyi ham oʻz ishni boshladi.
Delegatsiya aʼzolari Xitoyga tashrifi davomida ilgʻor texnologiyali korxonalarda ham boʻlishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi hamda kasanachilik, tikuvchilik, kashtachilik va bosma uskunalarini yetkazib berish boʻyicha bir qator manfaatli shartnomalar tuzdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring