Xitoyda smartfonlar uchun ishlab chiqilgan QR kodlar COVID-19 tarqalishining oldini olishga yordam bermoqda
Xitoyning eng gavjum shaharlaridan biri boʻlgan Xanchjou shahrida koronovirus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan standart ishlab chiqildi.
ISO / TC 3211 texnik qoʻmitasi raisi professor Sun Minshuna (Song Mingshun) rahbarligida Xitoyning Szilin Universiteti jamoasi smartfonlar uchun QR kod ishlab chiqdilar. Ushbu texnologiya QR kodlardan infeksiyani yuqtirish xavfi boʻlgan va izolatsiya olinishi kerak boʻlgan, shuningdek erkin harakatlana oladigan odamlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
Alibaba group kompaniyasi koʻmagi bilan Xanchjou shahri, raqamli iqtisodiyot kabi sohalar, shuningdek epidemiyalarni oldini olish va nazorat qilish sohasida katta maʼlumotlardan foydalangan holda shaharlarda «Aqlli ilmiy markaz”larni qurish amaliyotini oʻrgandi.
Natijada yangi standart “Sogʻliqni saqlash kodi”, Xanchjou sogʻliqni saqlash kodeksini boshqarish va amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma, DB 3301 / T 0305-2020” ishlab chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring