Xitoyda saraton xastaligini davolashning samarali usuli topildi

00:58 08 Noyabr 2021 Dunyo
1298 0

Xitoylik onkolog olimlar saraton xastaligini toksoplazma paraziti yordamida davolash usulini topishdi.

Bu haqda “Journal for ImmunoTherapy Cancer” nashri eʼlon qildi.

Unda aytilishicha, mazkur parazit uy egasi hujayralarida yashaydi va oʻzidan koʻp miqdorda inson immunitetini himoya qiluvchi oqsillar chiqaradi.

Tajriba davomida parazitning mutant shtammi inyeksiya tarkibida sichqonlarning saraton hujayralariga immun reaksiyasini qoʻzgʻatmasdan kiritildi. Shundan soʻng neoplazmalarning oʻsish jarayoni sekinlashib, kemiruvchilarning omon qolish darajasi oshgani kuzatildi.

Shifokorlar bu usul prostata saratoni va bolalarda uchrovchi koʻplab oʻsma xastaliklarini davolashda qoʻl kelishi mumkinligiga umid qilyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSHning Massachusets texnologiya instituti olimlari kimyo terapiyasi va immunoterapiya kombinatsiyasi asosida saratonni davolash yoʻlini topgandi. Unga koʻra, shikastlangan va olib tashlangan hamda keyin oʻsimta ichiga qayta kiritilgan saraton hujayralari immunitet tizimini faollashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер