Xitoyda Oʻzbekistonning konstitutsiyaviy islohotlariga doir brifing boʻlib oʻtdi

15:33 25 Mart 2023 Siyosat
726 0

Oʻzbekistonning Pekin shahridagi elchixonasida Xitoyning qator yirik “aql markazlari” vakillari uchun Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga doir brifing boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Strategik tadqiqotlar markazi, Xitoy iqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutining yetakchi ekspertlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga Oʻzbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati va erishilayotgan ijobiy natijalar haqidagi atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shu oʻrinda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida aks etgan oʻzgarishlar, ularning Oʻzbekiston istiqbolidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xitoy ekspertlari yangilanayotgan Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston uchun muhim tarixiy bosqichni va yangi taraqqiyot davrini boshlab berishini taʼkidlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер