Xitoyda oila “ortiqcha” bolalari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi
Foto: Zhang Rongrong
Xitoyda oila “ortiqcha” bolalari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi.
“South China Morning Post” nashrining yozishicha, Chjan Junjun va uning turmush oʻrtogʻi mamlakat fuqarolari uchun amalda boʻlgan ikkitadan koʻp bolaga ega boʻlmaslik toʻgʻrisidagi qonunni buzgan. Ushbu oilaning yetti nafar farzandi bor. Shu bois oila 1 million yuandan koʻproq (155 ming AQSH dollari) miqdorida jarima toʻlagan.
Nashrga koʻra, oila ushbu toʻlovsiz oila besh oʻgʻil va ikki qizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olmagan boʻlar edi.
Chjan Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida tikuvchilik fabrikasi, zargarlik buyumlari sotish kabi bizneslarga egalik qiladi.
Xitoydagi koʻp ishbilarmon ayollar baʼzida umuman farzand koʻrmasligiga qaramay, Chjan bu yoʻlni tanlaganidan afsuslanmaydi.
“Qariganimda bolalarimi menga gʻamxoʻrlik qiladi”, deydi ayol.
1979-yildan 2015-yilgacha Xitoy hukumati “bitta oila — bitta bola” demografik siyosatini olib bordi.
2016-yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikki nafar farzandli boʻlishiga ruxsat berildi.
1970-yillardan boshlab Pekin qonuniy ravishda oilalar sonini cheklab kelgan. Izohlanishicha, aholining keskin oʻsishi yer, suv va energetika resurslariga haddan tashqari yuk boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring