Xitoyda niqobsiz yurishga ruxsat berildi
Xitoy poytaxti Pekinda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamayishi munosabati bilan shahar aholisiga himoya niqobisiz yurishga ruxsat berildi.
Pekinda soʻnggi 13 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bogʻliq birorta ham holat qayd etilmagan boʻlsada, koʻpchilik niqobda yurishni maʼqul koʻrmoqda.
Taʼkidlash joiz, aprelda ham Pekinda niqobda yurish talabi bekor qilingan edi, ammo yangi kasallanish holatlari paydo boʻlgach, bu talab iyunda qayta joriy etilgan.
Maʼlum qilinishicha, oxirgi besh kun davomida mamlakat ichida kasallikning yuqish holati umuman kuzatilmagan. Ammo 20-avgust kuni xorijdan kirishda 22 ta holat qayd etilgani sababli, chet el fuqarolari uchun Xitoy chegaralari yopilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring