Xitoyda kuchli yogʻingarchilik natijasida 1,76 million kishi jabrlandi

22:01 08 Iyun 2020 Dunyo
937 0

Xitoyning markazi va janubida kuchli yogʻingarchilik tufayli 1,76 million kishi jabrlandi, ayni paytgacha toʻqqiz kishi halok boʻlgan va besh kishi bedarak yoʻqolgan.

OAV maʼlumotlariga koʻra, bu Xitoyning sakkizta provinsiyasi va avtonom tumanlarida (Szyansi, Xunan provinsiyasi, Guansi-Chjuan avtonom tumani va boshqalar) qayd etilgan maʼlumotlardir.

120 ming kishi evakuatsiya qilindi, 900 ta bino vayron boʻlgan, 13 mingdan ortiq bino esa shikastlangan. 113,5 ming gektar ekin maydoni zarar koʻrdi. Iqtisodiy zarar esa 28,8 milliard yuanga baholanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер