Xitoyda koronavirusning yangi oʻchogʻi aniqlandi
Illyustrativ foto
Xitoyning Fuszyan provinsiyasida koronavirusning yangi oʻchogʻi aniqlandi.
“Sinxua” axborot agentligining mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, ushbu provinsiyadagi Putyan shahrida olti kishida "COVID-19» tasdiqlangan, yana 18 nafar kasallikni simptomlarsiz tashuvchi qayd etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, provinsiyada koronavirusning oʻta yuqumli — “delta” shtammi aniqlangan. Shu bois aholini ommaviy testdan oʻtkazish boshlangan va birinchi holat qayd etilganidan keyin 81 938 kishidan namunalar olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring