Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1500dan oshdi

14:33 15 Fevral 2020 Dunyo
1069 0

Foto: www.google.com

Xitoyda yangi koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 1523 kishiga yetdi, 8096 kishi tuzalib ketdi, kasallikka chalinganlar soni 66,4 ming kishidan oshdi. Bu haqda Xitoyning Gigiyena va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Juma kuni idora 63,8 mingdan koʻproq odam kasallangani, 1380 kishi hayotdan koʻz yumgani va 6723 kishi tuzalib ketgani haqida xabar bergandi. Yangilangan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirusdan rasmiy oʻlim darajasi 2,29 foizni tashkil etmoqda.

Xubey markaziy provinsiyasi kasallanganlar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egallab turibdi, bu yerda 54,4 mingdan koʻproq odam kasallik bilan roʻyxatga olingan, ulardan 1457 kishi vafot etdi, 4774 nafari tuzalib ketdi. Keyingi oʻrinlardan 1,2 mingdan ortiq kishi kasallangan Guandun (janub), 1,1 mingta kasallanish holati qayd etilgan Xenan (markaz) va Chjeszyan (sharq) provinsiyalari joy oldi.

Pekinda juma kungi holatga koʻra 372 kishi kasallandi, ulardan 80 nafari kasalxonadan chiqarildi, uch kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер