Xitoyda ikkita juda kuchli zilzila sodir boʻldi. Koʻplab odamlar qurbon boʻlgan

17:15 22 May 2021 Dunyo
1804 0

Xitoyning turli qismlarida sodir boʻlgan ikkita kuchli zilzila oqibatida bir necha kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar tan jarohati olgan.

Janubi-gʻarbiy Yunnan provinsiyasidagi Yanbi-Yi avtonom okrugida 13 mingga yaqin bino, uy va boshqa inshootlar zarar yetgan. Tabiiy ofat yuz bergan hududga 600 dan ortiq qutqaruvchilar yuborilgan. Bu yerda dastlab, 6,4 balli keyin 450 dan ortiq takroriy yer silkinishi sodir boʻlgan. Minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

Ushbu tabiiy ofatdan bir necha soatdan keyin Myanma bilan chegara yaqinida joylashgan Sinxay viloyatida 7,3 balli zilzila sodir boʻlgan. Sinxay Xitoyning aholisi eng zich joylashgan hududlaridan biri hisoblanadi.

2008-yilda Xitoyning Yunnan viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida 90 ming kishi  hayotdan koʻz yumgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер