Xitoy va Moʻgʻulistonda qora oʻlatga chalinish holatlari qayd etildi

15:10 06 Iyul 2020 Dunyo
1309 0

Xitoy shimolidagi Ichki Moʻgʻuliston muxtor viloyatida chorvador qora oʻlatga chalinish holati aniqlandi. Bu haqda “Sinszinbao” gazetasi Bayan-Nur sogʻliqni saqlash qoʻmitasiga asosan xabar qildi.

“Bemor kasallanishdan avval qora oʻlatining epimarkazida boʻlgandi. Hozir bemor izolyatsiya qilinib, davolanmoqda, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda”, - deb maʼlum qilishdi qoʻmitada.

Erkak bir kun oldin qora oʻlat kasalligiga gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgandi. Shundan soʻng, Urad-Chjunsi shahrining Bayan-Nur shahridagi Xoshun (Ichki Moʻgʻulistondagi maʼmuriy-hududiy birligi)da epidemiologik ogohlantirishning uchinchi darajasi eʼlon qilindi, deb yozadi Sputnik manbasi.

Rasmiylarning maʼlumotlariga koʻra, aholi orasida qora oʻlat tarqalishi xavfi mavjud. Aholi shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishi va kasallik haqidagi xabardorligini oshirishi lozim. Epidemik xavfli hayvonlarga, birinchi navbatda sugʻurlarga ov qilish taqiqlanadi. Oʻlik yoki kasal hayvonlar aniqlanganda bu haqida darhol hokimiyat idoralariga xabar qilish lozim

Shuningdek, Moʻgʻulistonning Oltoy respublikasi bilan chegaradosh tumanida ikki kishi qora oʻlatga chalingandi.

Qora oʻlat sugʻurlarda tarqaladi, Moʻgʻuliston aholisi taqiqlarga qaramay uni isteʼmol qilishadi. Shuningdek, sugʻur goʻshtini kesishda ham yuqtirib olish mumkin, ammo bu kamdan-kam uchraydigan holat.

Qora oʻlat — kalamushlarda yashaydigan (parazit) burgalar orqali, Yersinia pestis bakteriya keltirib chiqaradigan oʻtkir kasallik hisoblanadi, odamdan odamga yuqishi mumkin. Oʻlat juda xavfli infeksiyalar turiga kiradi.

Kasallikning oʻziga xos xususiyati limfa tugunlarining ogʻriqli yalligʻlanishi hisoblanib, buning ortida gʻurralarga oʻxshash bezlar hosil boʻladi.

Qora oʻlatning tarqalishining odatiy usuli “kalamush – burga - odam” sxemasi hisoblanadi, ammo oʻtmishdagi keng miqyosli epidemiyalar paytida “odam – burga - odam" sxemasi boʻyicha oʻlatga chalingan kishi infeksiyaning manbai boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер