Xitoy Raisi Nazarboyevga salomatlik tilab maktub yoʻlladi

17:05 21 Iyun 2020 Dunyo
1237 0

Foto: РИА Новости

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning COVID-19 infeksiyasiga chalingani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda koʻplab davlat rahbarlaridan Nazarboyevga sihat-salomatlik tilab nomalar kelmoqda.

Ular orasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ham Elboshiga maktub yoʻlladi.

"Koronavirus infeksiyasi boshlangandan beri Xitoy va Qozogʻiston epidemiyaga qarshi samarali hamkorlik qilmoqda. Bu Xitoy-Qozoq munosabatlarining abadiy keng qamrovli strategik sherikligining yuqori darajasi va alohida xususiyatini namoyon etadi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat koʻz oʻngida pandemiyaga qarshi birgalikda kurashishning yorqin namunasidir.

Ishonchim komilki, epidemiya yengiladi va ikki tomonlama munosabatlar yangi, yana-da samarali ruhda rivojlanadi.

Siz bilan oʻrnatilgan doʻstlik uchun juda minnatdorman va chin dildan tezroq sogʻayib ketishingizni tilayman”, deb yozadi XXR Raisi.

Shuningdek, Nazarboyevga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan va Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov sihat-salomatlik tilab, maktub yoʻllashgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Elboshi maʼmuriyati ayni vaqtda Nazarboyevda koronavirus alomatlarsiz kechayotganini, uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlarning doimiy nazoratida ekanini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер