Xitoy oʻzining koronavirusga qarshi vaksinasining “sirlari”ni oshkor qildi

16:59 19 Avgust 2020 Dunyo
1074 0

Illyustrativ surat

Xitoylik mutaxassislar yaratgan koronavirusga qarshi vaksina bitta inyeksiyasidan keyin yarim oy ichida “Covid-19”dan himoya qilish uchun zarur immunitetni ishlab chiqadi.

Bu haqda mahalliy “Sinopharm” davlat farmatsevtika korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjen aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Chjungo van” nashri.

Uning taʼkidlashicha, bitta inyeksiya 97 foiz himoya kafolatini beradi. Antitanachalar sekin ishlab chiqaradi va oddiy holatda, yarim oy davomida “Covid-19”ga qarshilik koʻrsatish uchun zarur boʻlgan darajaga yetadi. Ikkita inyeksiya toʻliq himoyani kafolatlaydi. Birinchi va ikkinchi inyeksiya oraligʻi 28 kunni tashkil etadi.

Ikkita inyeksiya 1000 yuanni tashkil qiladi. Bu Oʻzbekiston valyutasida 1 485 520 soʻmga tengdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер