Xitoy Oyda oʻz fuqarolarini kuzatishda qoʻllaydigan sunʼiy intellekt video kuzatuvini oʻrnatishni rejalashtirmoqda
Xitoy “Oydagi aktivlarini himoya qilish” uchun “Skynet-on-the-Moon” kuzatuv tizimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Tizim boʻlajak Xitoy Oy bazasini “AI” video kuzatuvini amalga oshirish uchun moʻljallangan.
Tizim, birinchi navbatda, bazaga chet ellik tashrif buyuruvchilarni kuzatish va “tegishli javob choralarini” koʻrish uchun shubhali faoliyatni aniqlash uchun yaratilgan.
“Oy tizimi” Xitoyning “Skynet” deb ataladigan kuzatuv tizimiga asoslanadi (Xitoyda allaqachon 600 mln. sunʼiy intellekt kameralari oʻrnatilgan – mamlakatdagi har 2 kishiga 1 ta kamera).
Hali baza yoʻq, lekin nazorat rejalari allaqachon mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring