Xitoy elchisi Oʻzbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi

15:46 23 Noyabr 2023 Siyosat
214 0

2023-yil 23-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

Taʼkidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik yuqori bosqichlarga koʻtarilmoqda.

Uchrashuvda Xitoy elchisiga yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, “Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, parlamentlararo va xalqaro parlament tashkilotlari doirasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, parlamentlararo doʻstlik guruhlarining amaliy muloqotini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, madaniy-gumanitar, ekologiya va boshqa sohalardagi aloqalar koʻlamini tobora kengaytirib borish lozimligi qayd etildi.

Oʻz navbatida, Yuy Szyun berilgan batafsil va tahliliy maʼlumotlar uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan yuqori baholanishi va kelgusida oʻzaro doʻstona ruhdagi munosabatlar bardavom boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, Y. Szyun ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik munosabatlar izchil rivojlanayotgani, Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotida yangi bosqichga chiqayotgani, shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgani keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari hamda farovon jamiyat qurish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlarni alohida eʼtirof etdi.

Tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер