Xitoy COVID-19 vaksinasini birinchi boʻlib Afrikaga bermoqchi

07:24 19 Iyun 2020 Dunyo
1198 0

Foto: РИА Новости

Xitoy raisi Si Szinpin koronavirusdan vaksina ishlab chiqilgandan keyin uni birinchi navbatda Afrika davlatlariga berishga vaʼda berdi.

“Xitoy koronavirusdan vaksina ishlab chiqilib, qoʻllanishi boshlangandan keyin Afrika davlatlari ushbu vositadan foydalana oladiganlar orasida birinchilardan boʻlishiga vaʼda beradi”, deb aytgan Si Szinpin.

Xitoy raisi buni Xitoy va Afrikaning koronavirusga qarshi birgalikdagi kurashi boʻyicha videoanjuman shaklida oʻtkazilgan sammitida maʼlum qilgan.

Si Szinpinning taʼkidlashicha, Pekin Xitoy-Afrika doʻstligi gospitallari qurilishini tezlashtiradi va Xitoy hamda Afrika shifoxonalari hamkorligini faollashtiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер