Xitoy bilan ekologik toza binolar qurish va chiqindilarni qayta ishlash masalalari muhokama qilindi

17:55 10 Yanvar 2024 Jamiyat
497 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida vazir oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov ishtirokida Xitoy va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, energiya jihatidan tejamkor va ekologik toza binolar qurish hamda maishiy va qattiq chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yirik loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, havo ifloslanishining oldini olish, xalqaro ekologik standartlarni belgilash, raqamlashtirish tizimini keng joriy etish, XXR tajribasini oʻrganish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mexanizmlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, choʻl hududlarini obodonlashtirish, koʻchat ekish boʻyicha fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish, shahar tizimida innovatsion texnologiyalarni oʻrnatish va oqava suvlarni tozalash boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida hukumatimiz tomonidan turli soha va tarmoqlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot берилди.Томонлар “yashil” loyihalar milliy taksonomiyasini rivojlantirish istiqbollari, Yashil jamgʻarma tashkil etish, shuningdek, ekologik toza iqtisodiy oʻsishni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar masalalarini koʻrib chiqishdi. Loyihalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, jarayonlarni yanada yaxshilash uchun iqlim oʻzgarishini yumshatish va monitoring hamda baholash tizimlari sohasida institutsional salohiyat ortgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan qoʻshimcha muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер