Xitoy AQSHga Chendudagi konsullikni yopishni buyurdi

23:36 24 Iyul 2020 Dunyo
1212 0

24-iyul kuni Xitoy AQSHga Chendu shahridagi konsulxonasini yopishni buyurdi. Hozirda bu ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik aloqalar soʻnggi oʻn yilliklardagi eng yomon holatga kelib qoldi.

Xitoyning bu “yurishi” Tramp hukumatining 22-iyuldagi qaroriga qarshi javob boʻldi. Bu qarorda AQSH xitoylik agentlarning Texasdagi tibbiy va boshqa tadqiqot natijalarini oʻgʻirlashga urinayotganlikda ayblab, Pekinga Xyustondagi konsullikni yopishni buyurgandi.

Ayni paytda AQSH-Xitoy qarama-qarshiligi savdo, koronavirus pandemiyasi bilan kurash, texnologiya, josuslik, Gonkong va Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga qilinayotgan zulm kabi frontlarda davom etmoqda.

“Xitoy tomonidan qabul qilingan ushbu chora qonuniy hisoblanib, bu AQSHning adolatsiz harakatiga javobdir. Hozirgi AQSH-Xitoy munosabatlari Pekin xohlaganchalik yaxshi emas. Buning barchasiga AQSH javobgar. Biz yana bir bor Qoʻshma Shtatlarni oʻzining notoʻgʻri qarorlaridan voz kechishga va ikki taraflama aloqalarni oʻz iziga tushirishga chaqiramiz”, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Maʼlumot uchun, AQSHning Xitoy poytaxti Pekinda elchixonasi va boshqa beshta shahar Chendu, Shangxay, Guanjou, Shenyang va Uxanda konsulxonalari bor. Shuningdek, Xitoydagi avtonom respublika Gonkongda ham AQSH konsulxonasi mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер