Xitoy AQSHdan oʻz huquq va manfaatlarini hurmat qilishni talab qildi
Illyustrativ foto
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) mudofaa vaziri Dun Szyun Amerika Qoʻshma Shtatlaridan XXRning Janubiy Xitoy dengizidagi huquq va manfaatlarini hisobga olishni talab qildi. Bu haqda u AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan suhbat chogʻida maʼlum qildi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari XXRning qatʼiy pozitsiyasini tan olishi va uning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy suvereniteti, dengiz huquqlari va manfaatlarini chinakam hurmat qilishi kerak”, deydi Dun Szyun.
Avvalroq, AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller XXR Rossiyaga harbiy-sanoat kompleksini yangilash uchun materiallar yuborganini maʼlum qilgandi.
Uning taʼkidlashicha, Davlat kotibi Entoni Blinken 16-19-aprel kunlari Italiyada boʻlib oʻtadigan G7 tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda bu masalani koʻtarishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring