Xitoy AQSH bilan yadroviy qurol boʻyicha muzokara qilishdan bosh tortdi
Foto: AFP
AQSH Davlat departamenti Xitoyning AQSH bilan yadroviy qurol boʻyicha muzokara qilishdan bosh tortganini maʼlum qildi.
Xitoy 2023-yil noyabrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan keyin yadroviy qurol nazorati boʻyicha yangi muzokaralardan bosh tortdi, deb yozmoqda «Semafor» AQSH Davlat departamentidagi manbaga tayanib.
«Afsuski, Xitoy keyingi uchrashuvni rad etdi va biz taklif qilgan variantlarga mazmunli javob bermadi», deydi manba suhbatdoshi.
Oʻz navbatida, Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy «Semafor»ga AQSH megafon diplomatiyasini toʻxtatishi kerakligini aytdi va yadroviy davlatlarni qurol-yarogʻ nazorati boʻyicha bahslarni davom ettirish uchun oʻz arsenallarini sezilarli darajada qisqartirishga chaqirdi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida AQSH va Xitoy deyarli besh yil ichida yadro qurollarini nazorat qilish boʻyicha birinchi uchrashuvini oʻtkazgandi va muzokaralar sezilarli natija bermagan boʻlsada, ular oldinga kichik qadam sifatida koʻrilgandi. Ayni paytda Vashingtonda Xitoyning oʻsib borayotgan yadro arsenalidan xavotir kuchaymoqda, Pentagon 500 dan ortiq operatsion yadro kallaklariga ega va oʻn yillik oxiriga kelib ularning soni 1000 taga yetishi kutilmoqda.
Pekinning taʼkidlashicha, Xitoy birinchi zarba bermaslik siyosatiga amal qiladi. Shu yilning fevral oyida Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSHni ham xuddi shunday siyosat olib borishga chaqirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring