XIX asr oxiriga oid oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. oʻzaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “PETRU BOGDANOVU 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm boʻlgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring