Xazonrezgi mavsumida organizm immunitetini qanday oshirish mumkin?

13:07 02 Oktyabr 2020 Jamiyat
1300 0

Xazonrezgi mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chiqadi. Ushbu davrda organizm immunitetini qanday oshirish mumkin?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

— Inson immuniteti koʻp omillarga bogʻliq. Avvalambor bu — insonning jismoniy va ruhiy salomatligi, yashash tarzi, yashayotgan muhitiga ham bogʻliq.

Xususan, immunitetning susayishiga: intoksikatsiya, turli zaharlanishlar, haddan tashqari charchash, och qolish, notoʻgʻri ovqatlanish, stress holatlari, kasal yuqishidan xavotirga tushish va qoʻrqish, avvaldan koʻp va tez-tez turli kasalliklarga chalinish, zararli odatlar olib kelishi mumkin. Qondagi oq tanachalar yoki limfotsitlarning keskin kamayib ketishi — inson immun tizimining susayganini koʻrsatadi.

Immunitetni koʻtarish uchun sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, oʻz vaqtida va toʻgʻri ovqatlanish, mahsulotlar orasida yetarli darajada oqsil, uglevod, vitamin va minerallarning boʻlishi muhim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер