Xazonlar har kuni tozalanishi zarur
Qonunchilikka koʻra, xazonlar toʻkilishi davrida toʻkilgan barglarni har kuni yigʻishtirish zarur.
Bunda, toʻplangan barglar maxsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi.
Toʻplangan barglarni olib chiqib ketish hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoki shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring