Xanchjou — 2022: Rustam Assakalov Osiyo oʻyinlarining uch karra sovrindori
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Assakalov faoliyatida uchinchi bor Osiyo oʻyinlarida sovrindor boʻldi.
-97 kg. vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda qozogʻistonlik Islam Umayev ustidan muddatidan ilgari gʻalaba qozonib, musobaqani uchinchi oʻrinda yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, bungacha Assakalov hisobida Osiyo oʻyinlarining oltin va kumush medallari bor edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring