Xanchjou-2022: Oʻzbekiston delegatsiyasi Para Osiyo oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshladi
Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo oʻyinlari start oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para-kanoe bahslarida hamyurtlarimiz Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) oʻz dasturlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.
Ayni paytda para-yengil atletika bahslarida medallar oʻynalmoqda. Hamyurtimiz Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring