Xanchjou — 2022: Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!
Boks boʻyicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov gʻalabali yurishini davom ettirmoqda.
-51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz chorak finalda pokistonlik Zohayb Rashidni musobaqadan chiqarib yubordi.
Ushbu natija orqali Doʻsmatov musobaqa medalini naqd qildi. Endi u final uchun yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi jang qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring