Xanchjou-2022: Chusovitina va Islomov Osiyo oʻyinlarini toʻrtinchi oʻrinda yakunlashdi
Bugungi dasturdan oʻrin olgan sport gimnastikasi boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolaridan Humoyun Islomov erkin mashq, Oksana Chusovitina esa tayanib sakrash dasturida final bahsida ishtirok etishdi.
Har ikki hamyurtimiz oʻz dasturlarini toʻrtinchi oʻrinda yakunladi. Islomovning chiqishi hakamlar tomonidan 14.133 ball bilan baholangan boʻlsa, Chusovitina 13.383 ball jamgʻardi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring