"Xalqimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgargani, o‘ziga, ertangi kunga ishonch paydo bo‘lgani – bu bizning eng katta yutug‘imiz" — Shavkat Mirziyoyev

14:55 14 Iyul 2023 Siyosat
733 0

O‘zini o‘zgartira olgan xalq, hech shubhasiz, hayotni, ijtimoiy muhitni ham o‘zgartira oladi, o‘z murod-maqsadlariga albatta yetadi.

Mana shunday ulug‘ e’tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo‘lib, uni yorug‘ manzillar sari boshlash men uchun ulkan baxt, ulkan sharafdir.

Hayotimning ma’no-mazmuniga aylangan buyuk maqsad – Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yo‘lida sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birga tinimsiz ishlashga, bor kuch-g‘ayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etishga tayyorman.
 
Men bilan bir safda sizlardek aziz qadrdonlarim, duogo‘y     otaxon va onaxonlarimiz, azamat aka-ukalarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimiz borligi menga bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, ruh va ilhom beradi.

Ishonchim komil, barchamiz birgalikda Yangi O‘zbekistonni – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatni albatta quramiz!

Barchamizni mana shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirgan xalqimiz, Vatanimiz doimo omon bo‘lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston! Yashasin O‘zbekiston xalqi!", dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер